Maktab haqida

Hurmatli sahifamiz mehmonlari!
O’ylaymizki, maktabimiz sahifasida sizni qiziqtirgan barcha ma’lumotlarni topa olasiz. Sahifamizda
maktabimiz kundalik hayotini to’laqon yoritishga xarakat qildik.

„Alfraganus NTM“ - nodavlat ta‘lim muassasasi yosh xususiy boshlang’ich maktab. Maktabning ish
faoliyati O’zbekiston respublikasi qonunchiligi va xalq ta’limi dasturi asosida yuritiladi. Litsenziyamiz
17.06.2020 kuni, UUT 0137 raqami ostida ro’yxatdan o‘tkazilgan. O’quvchilar 4-sinfni tugatgach da-
vlat namunasidagi bitiruv shahodatnomasini olishadi. Maktabda ta’lim o’zbek va rus tillarida olib bo-
riladi.

Boshlang’ich maktabimizda o’quvchilarda bilimga nisbatan muxabbat uyg’otishga, ularning intellek-
tual, ijodiy va jismoniy rivojlanishlariga, yetuk inson sifatida shakllanishlariga katta e’tibor qaratiladi.

Biz o’quvchilarga mustaqil fikrlashni, o’z ustida ishlashni, to’g’ri qaror qabul qilishni o’rgatishga xa-
rakat qilamiz.

O’quvchilarimiz maktabda ta’limdan tashqari muomalani, ota-onalariga, uztozlariga va tengdoshla-
riga nisbatan xurmat bilan qarashni o’rganishadi. Maqsadimiz, o’quvchilarimiz ertaga kechagidan
ko’ra takomilroq bo’lishsin.

Maktabimizda yuqori malakali, ko’p yillik tajribaga ega o’qituvchilar bilan bir qatorda yosh, hali o’zlari
bilimga chanqoq o’qituvchilar ishlashadi. Doimiy o’z ustida ishlash, malaka oshirish – o’qituvchilari
mizning muvaffaqiyatlari o’zagi.

Maktabimiz hayotidagi markaziy nuqta – bu o’quvchilarimiz. Barcha bilimimiz, mahoratimiz, xarakat-
larimiz – maktabimiz o‘quvchilari va ularning rivojlanishi uchun sarflanadi. O’quvchilarning mak-
tabimizda olgan sabog’i va tarbiyasi ularning bir umrlik hamrohi bo’lib qolishiga ishonchimiz komil.
Farzandingizga munosib maktab tanlayotib uning kelajagini tanlayotganingizga ishonamiz!