Kun Tartibi

8:00 - 8:25 O'quvchilarni kutib olish

O'quvchilarni sinf raxbarlari maktab darvozasi oldida kutib olishadi. Hozirgi Koronavirus pandemiyasi sharoitida shaxsiy ximoya talablariga qat'iy rioya qilinadi. O'quvchilar tana harorati va umumiy holatlari tekshirilgan holda maktabga kiritiladi.

8:30 - 12:25 Asosiy darslar

Asosiy darslar har bir sinfning o'z xonasida amalga oshiriladi. Ingliz tili va rus tili darslari bundan mustasno. Ingliz va rus tili darslari sinf o'quvchilarini ikki guruxga bo'lingan holda o'tkaziladi. Ikkinchi guruxga til darslari qo'shimcha xonada amalga oshiriladi

11:00 - 11:30 Tushlik

Tushlikga o'quvchilar mazali va issiq taomlar hamda barra salatlar bilan ta'minlanadilar. Maktabimiz bog'i mavsumiy mevalari o'quvchilar dasturxonining doimiy ne'mati. Hozirgi Koronavirus pandemiyasi sharoitida tushlik o'quvchilarni kichik guruxlarga bo'lingan holda amalga oshiriladi

11:30 - 11:40 Ochiq havoda sayr

O'quvchilarga tushlikdan keyin maktab hovlisida ustozlar nazorati ostida erkin xarakat va o'yinlar uyushtiriladi.

12:30 - 14:40 Uy vazifalarini tayyorlash va fanlar bo'yicha to'garaklar

O'quvchilar ustozlar nazorati ostida uy vasifalarini mustaqil holda bajarishadi. Shuningdek to'garaklar jadvaliga doir ayrim sinflarda matematika va ingliz tilidan to'garaklar o'tkaziladi. Hozirgi koronavirus pandemiyasi sababli sport to'garaklaridan vaqtinchalik voz kechishga majburmiz.

14:45 - 15:15 Tolmas choy

O'quvchilar 2-chi tushlik o'rnida pishiriqlar va ichimliklar bilan ta'minlanishadi.

15:15 - 16:00 Qo'shimcha mashg'ulotlar

O'quvchilar turli o'yinlar bilan mashg'ul bo'lishadi. Shu qatorda bolalarning rivojlanishiga hissa qo'shadigan ko'rsatuvlar ham ko'rsatiladi.

16:00 - 16:30 O'quvchilarni uyga kuzatish

Ota-onalar farzandlarini soat 16:00 dan boshlab maktab darvozasi oldidan olib ketishlari mumkin. Ota-onalarga va umuman o'quvchilardan tashqari shaxslarga maktab hududiga kirish ta'qiqlanadi. Olib ketuvchisi kelmagan o'quvchilarga maktab darvozasidan tashqariga chiqishlariga ruxsat berilmaydi, Ota-onalar yozma ravishda o'quvchilarning o'zlari uyga ketishlariga ruxsat berishgan bo'lsa, o'quvchilar mustaqil uyga ketishlari mumkin.