O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’i, Oʻzbekiston gerbi va Oʻzbekiston
madhiyasi -
O‘zbekiston Respublikasining rasmiy davlat ramzlari sanaladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi toʻgʻrisidagi qonun
1991-yilning 18-noyabridaO‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining VIII sessiyasida qabul qilingan.
O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘ri to‘rtburchak shakldagi matoda
aks etgan bo‘lib,
uchta asosiy gorizontal rangdor bo‘laklarga bo‘lingan. Ular: yorqin moviy, oq,
yorqin yashil. Bu
bo‘laklar orasini ikkita qizil rangdagi gorizontal chiziqlar ajratib turadi.
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi ramzi mamlakat hududida ilgari mavjud
boʻlgan gʻoyat
qudratli saltanatlar bayroqlariga xos boʻlgan eng yaxshi anʼanalarni davom ettirgan
holda respublika
tabiatiga xos xususiyatlarni, xalqimizning milliy va madaniy oʻzligini ham aks
ettiradi.
Bayroqdagi havorang — zangori osmon va musaffo suv ramzidir. Moviy — havorang
Sharqda azaldan
qadrlanadi, vaqtida buyuk Amir Temur ham oʻz bayrogʻiga bu rangni tanlagan.
Oq rang — tinchlik va poklik timsolidir. Yosh mustaqil davlat oʻz yoʻlida baland
dovonlardan oshib
oʻtishi kerak. Bayroqdagi oq rang Oʻzbekiston Respublikasi tanlagan yoʻlning musaffo
va charogʻon
boʻlishi uchun yaxshi niyat ramzidir.
Qizil yoʻllar — bu har bir tirik jonning qon tomirida urib turgan hayotiy kuch, hayot ramzidir.
Yashil rang — serneʼmat va orombaxsh tabiat timsoli. Hozirgi vaqtda butun dunyoda
atrof-muhitni
muhofaza qilish harakatlari keng yoyilmoqda; uning ramzi ham yashil rangdir.
Yarimoy — Oʻzbekiston xalqining koʻp asrlik anʼanalariga muvofiq keladi. Yarimoy va
yulduzlar
musaffo osmonning va tinchlikning ramzlaridir. Bayroqdagi 12 yulduz tasviri
mukammallik belgisidir.
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat Gerbi — Oʻzbekiston
Respublikasi rasmiy davlat ramzi.
1992-yil 2-iyulda qabul qilingan.
Davlat gerbi dumaloq koʻrinishga ega boʻlib, bu shaklning soʻl tomoni rizq-roʻzimiz
timsoli — bugʻdoy boshoqlaridan, oʻng tomoni esa oʻzbekning dongʻini dunyoga
taratgan bebaho
boyligimiz — chanoqlari ochilgan gʻoʻza shoxlaridan iborat chambarga oʻralgan,
uzoqdagi togʻlar va daryolar manzarasida gullagan vodiy uzra quyosh zarrin nurlarini
sochib
turadi, ayni paytda bu Oʻzbekistonning serquyosh mamlakat ekanligini ham bildiradi.
Gerbning
yuqori qismida esa Oʻzbekiston ozodligining ramzi sifatida sakkizburchak yulduz,
uning ichki
qismida yarimoy va yulduz ma`nosi mamlakat aholisining ko`p qismi islom diniga
etiqod qilishi,
markazida — baxt va erksevarlik ramzi — qanotlarini yozgan Xumo qushi tasvirlangan.
Gerbning
pastki qismida Oʻzbekiston Respublikasi davlat bayrogʻini ifoda etuvchi chambar
tasmasiga
„Oʻzbekiston“ deb yozib qoʻyilgan.
"Oʻzbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi" haqidagi qaror
1992-yilning 10-
dekabrida Oʻzbekiston Respublikasining Yuqori Kengashinig 11-chaqirigʻida qabul
qilingan.
Ushbu madhiya 1992-yildan hozirgi paytgacha Oʻzbekiston Respublikasining
madhiyasi
hisoblanadi.
Oʻzbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov soʻzi, Oʻzbekiston xalq bastakori Muttal
Burxonov musiqasi.
Matni:
Serquyosh, hur oʻlkam, elga baxt, najot,
Sen oʻzing do'stlarga yoʻldosh, mehribon!
Yashnagay to abad ilmu fan, ijod,
Shuhrating porlasin toki bor jahon!
Oltin bu vodiylar - jon Oʻzbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulugʻ xalq qudrati joʻsh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!
Bagʻri keng oʻzbekning oʻchmas iymoni,
Erkin, yosh avlodlar senga zoʻr qanot!
Istiqlol mashʼali, tinchlik posboni,
Haqsevar, ona yurt, mangu boʻl obod!
Oltin bu vodiylar - jon Oʻzbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulugʻ xalq qudrati joʻsh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!